Barcha yangiliklar
Olmazor tumanida tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda
Gallery image 117355
Gallery image 117356
Gallery image 117357
Gallery image 117358
Gallery image 117359
Gallery image 117360
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
26 Mar 2026
19:54

Olmazor tumanida tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

Olmazor tumanida tibbiyot muassasalari faoliyati o‘rganilmoqda

 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputatlari tomonidan hamda "Ahil" MFY raisi A. Xasanov ishtirokida sog‘liqni saqlash tizimidagi holatni o‘rganish maqsadida tumandagi bir qator tibbiyot muassasalarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Deputatlar tuman hududlarida joylashgan Oilaviy poliklinikalar va xususiy klinikalarga borib, u yerdagi xizmat ko‘rsatish tartibi, tibbiy jihozlar holati, xodimlarning ish sharoitlari hamda bemorlarga yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar. Jarayon davomida aholi bilan muloqotlar o‘tkazilib, fuqarolar fikr va takliflari tinglandi.

Dastlab deputatlar Oilaviy poliklinikalarda aholiga bepul dori-darmon vositalarini tarqatish jarayonini o‘rgandilar. Kengash raisi mavjud dastur doirasida surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarga elektron retsept asosida dori vositalari bepul berilayotgani jarayonini kuzatdilar. Mazkur dastur aholining sog‘ligini muhofaza qilish, davolanish xarajatlarini kamaytirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan muhim islohotlardan biridir. 

 Aniqlangan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi. Monitoringlar davomiy bo‘lib, kelgusida boshqa tumanlardagi tibbiyot muassasalari faoliyatini ham qamrab oladi.