Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 117268
Gallery image 117269
Gallery image 117270
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
08 Apr 2026
17:53

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Irina Matkarimova “Axmad Yugnakiy” mahallasi fuqarolari tomonidan murojaat kelib tushgan bo‘lib, unda yangittan qurilayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini binosida fuqarolar uchun barcha sharoitlar yaratilishini so‘rashgan. 

Deputat ushbu murojaat bo‘yicha mahalla vakillari bilan suhbat o‘tkazib, mavjud xujjatlar bilan yaqindan tanishib chiqdi. 

Shuningdek, tadbirkor bilan bino qurilishining xujjatlari, xonalar soni yetarli bo‘lishi, qurilish sifati, belgilangan muddatlarda ijro etilishi bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilib, bevosita amalga oshirilayotgan ishlar hudud deputati va jamoatchilik vakillari nazoratida bo‘lishi ta’kidlab o‘tildi.