Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 117260
Gallery image 117261
Gallery image 117262
Gallery image 117263
Gallery image 117264
Gallery image 117265
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
08 Apr 2026
17:49

Kotib

O‘zbekiston Respublikasi Oliiy Majlisi Senati Kengashining qaroriga asosan xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi huzurida tashkil qilingan “Yoshlar maslahat guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi raisi M.Yuldasheva, kotibiyat mudiri Sh.Shamaxmudov va “Yoshlar maslahat guruhi” a’zolari ishtirok etdi.

Unda hududlarda yoshlar muammolarini aniqlash va bartaraf etish, yoshlarning huquqiy madaniyatini rivojlantirsh hamda ularning siyosiy bilim va dunyo qarashini shakllantirish borasidagi ishlarining axboroti eshitildi.

Bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida Kengash raisi M.Yuldasheva mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarning bevosita ishtirokini ta’kidlab o‘tdi.