Barcha yangiliklar
#saylovchilar bilan uchrashuv #axborot
Gallery image 117229
Gallery image 117230
Gallery image 117231
Gallery image 117232
Gallery image 117233
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
07 Apr 2026
17:22

#saylovchilar bilan uchrashuv #axborot

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Shodiya Alijonova o‘z saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi. Bobur mahalla binosida tashkil etilgan ushbu uchrashuvda deputatning o‘tgan davrdagi faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

Uchrashuvning asosiy nuqtalari:

✅Yillik sarhisob: 2025-yil davomida okrugda bajarilgan ishlar va erishilgan natijalar;

✅Joriy holat: 2026-yilning 1-choragi davomida aholi murojaatlari bilan ishlash va ijtimoiy masalalarning ijrosi;

✅Hamkorlik: Muammolarni hal etishda "Mahalla yettiligi" va mutasaddi tashkilot rahbarlarining ishtiroki.

Muloqot davomida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ul rahbarlar bilan birgalikda aniq yechimlar va kelgusidagi vazifalar belgilab olindi. 📝