Barcha yangiliklar
DEPUTAT DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA
Gallery image 117222
Gallery image 117223
Gallery image 117224
DJANIBEKOV AZIZBEK URMANOVICH
07 Apr 2026
00:00

DEPUTAT DAVLAT XIZMATLARI MARKAZIDA

🔹Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati D.Saidova, kotibiyat mudiri Q.Bobojonovlar tuman davlat xizmatlari markazida bo‘lishib, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandilar. 

🔹Hozirgi kunda tuman Davlat xizmatlari markazida 500 dan ortiq xizmatlar turini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar, xodimlarning xizmat ko‘rsatish madaniyati, masofaviy xizmat turi yo‘lga qo‘yilganligi bilan tanishildi, fuqarolar bilan muloqot qilindi.

🔹Davlat xizmatlari markazida yo‘lga qo‘yilgan yangi xizmat turi - fuqarolarga xorijga chiqish pasporti tayyorlab berish sharoitlari o‘rganildi. Ushbu xizmatdan birinchi marotaba foydalanayotgan fuqarolarga xorijga chiqish pasportlarini topshirish tadbirida ishtirok etdilar.