Barcha yangiliklar
Bag‘dod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi
Gallery image 117042
Gallery image 117043
Gallery image 117044
Gallery image 117045
Gallery image 117046
Gallery image 117047
Gallery image 117048
Gallery image 117049
Gallery image 117050
Gallery image 117051
ISMOILOV ABDULAZIZ SOLIJON O‘G‘LI
08 Apr 2026
14:17

Bag‘dod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida muhim masalalar ko‘rib chiqildi

Bugun VII chaqiriq xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining navbatdagi XX sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman, viloyat Kengashi deputatlari, Bag’dod tumani hokimi, tuman prokurori hamda Yoshlar maslahati guruhi a’zolari, shu bilan birga tashkilotlardan mutasaddilar, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.

 Sessiyada tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish va ijtimoiy sohani rivojlantirishga oid muhim masalalar muhokama qilindi.

Xususan, Prezident qarorlari ijrosi, tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, 2026-yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirish, shuningdek, jamg‘arma mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan axborotlar tinglandi.

Shu bilan birga, aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar tasdiqlandi. “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunning ijrosi hamda mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan samarali foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Qabul qilingan qarorlar tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

 Sessiya ochiqlik tamoyillari asosida o‘tkazilib, uni onlayn tarzda ham kuzatish imkoniyati (https://youtube.com/live/sx4-5Lp0tM0?si=ahT35cQ4YpN2EpiB) yaratildi.