Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Gallery image 116804
Gallery image 116805
Gallery image 116806
Gallery image 116807
Gallery image 116808
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
08 Apr 2026
08:57

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 DEPUTATLIK NAZORATI

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugi deputati A. Choriyev tomonidan “Oltinvoha” mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–330-sonli qarori doirasida qishloq xo‘jaligi va aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlash maqsadida qazilgan artezan qudug‘i ayni paytda ishlamayotgani aniqlandi.

⚠️ Aniqlangan ushbu muammo yuzasidan tegishli tashkilot va mas’ul mansabdor shaxslarga ma’lumot berilib, masala deputatlik nazoratiga olindi.

✅ Tezkor choralar ko‘rilishi natijasida muammo ijobiy hal etilib, artezan qudug‘ining faoliyati tiklandi.

🌱 Mazkur ishlar hudud aholisi uchun muhim ahamiyat kasb etib, ularning tomorqa va qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun suv ta’minoti yaxshilanishiga xizmat qilmoqda.