Barcha yangiliklar
Deputat mahallada
Gallery image 116764
Gallery image 116765
XUDOYQULOVA GULNORA UBAYDULLAYEVNA
07 Apr 2026
19:04

Deputat mahallada

 MA’NAVIYAT MASKANI — KITOBXONLIK VA ZIYO NURI 

15-Fayzobod saylov okrugi deputati D. Komilova
tomonidan hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalarning
bugungi holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
 

Ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning uzviy davomi sifatida
navbatdagi manzil hududdagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi
bo‘ldi.
 

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi: 

 Kitob fondi:
Maktab kutubxonasining badiiy va darslik adabiyotlari bilan ta’minlanganlik
darajasi;
 

 O‘quvchilar
uchun yaratilgan mutolaa zallarining holati va yorug‘lik tizimi;
 

Deputat D. Komilova maktab kutubxonachilari va yuqori
sinf o‘quvchilari bilan suhbatlashib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish
bo‘yicha o‘z takliflarini berdi. Shuningdek, kutubxona fondini yangi nashr
etilgan badiiy adabiyotlar bilan boyitish masalasi nazoratga olindi.