Barcha yangiliklar
#DEPUTATLIK_NAZORATI
Gallery image 116568
Gallery image 116569
Gallery image 116570
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
07 Apr 2026
17:05

#DEPUTATLIK_NAZORATI

#DEPUTATLIK_NAZORATI

#Mahallalarda_ijtimoiy_xodimlar tomonidan aholining ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda ijtimoiy nafaqalar tayinlanishi holati Nurafshon shahar Kengashi deputatlari K.Umarboyev hamda A.Churatayevalar tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Monitoring jarayonida quyidagi asosiy masalalarga e’tibor qaratildi:

🔹Ijtimoiy xodimlarning ehtiyojmand fuqarolar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bor shaxslar bilan ishlash tizimi hamda ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning manzilliligi;

🔹Kam ta’minlangan oilalarga to‘lovlar tayinlanishi va ularning o‘z vaqtida yetkazilishi;

🔹Belgilangan moddiy yordam va nafaqalarning o‘z vaqtida, kechikishlarsiz fuqarolarga yetib borishi holati.

O‘rganish davomida deputatlar fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, ijtimoiy himoya tizimidagi mavjud muammolarni tingladilar. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.