Barcha yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining yuzasidan bolalarga yaratilgan sharoitlar o‘rganish maqsadida,    Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Ruziyeva Madina Taxirovna tomonidan “Bayot” MFY hududidagi 521-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish tadbirlarini olib bordi.
Gallery image 116445
Gallery image 116446
Gallery image 116447
Gallery image 116448
Gallery image 116449
Gallery image 116450
Gallery image 116451
Gallery image 116452
Gallery image 116453
Gallery image 116454
Gallery image 116456
XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
07 Apr 2026
16:21

O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining yuzasidan bolalarga yaratilgan sharoitlar o‘rganish maqsadida, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Ruziyeva Madina Taxirovna tomonidan “Bayot” MFY hududidagi 521-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish tadbirlarini olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosining yuzasidan bolalarga yaratilgan sharoitlar o‘rganish maqsadida, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati Ruziyeva Madina Taxirovna tomonidan “Bayot” MFY hududidagi 521-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish tadbirlarini olib bordi. 

Mazkur qonun bolalarning asosiy huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, bolaning hayotga bo‘lgan huquqi, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, shaxsiy daxlsizlik va himoya huquqlarini kafolatlaydi.

Deputat tomonidan qonunning 22-23-moddalari ijrosini o‘rganish jarayonida qator muhim jihatlarga e’tibor qaratildi. Xususan, ta’lim muassasasida bolalarning huquqlari qay darajada ta’minlanayotgani, ularga yaratilgan sharoitlar, bolalar bilan ishlash tizimi samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, o‘rganishda maktabgacha ta’lim tashkiloti sig‘imi 180 nafarni bo‘lib 180 nafar tarbiyalanuvchilarga ta’lim-tarbiya berib kelinayotgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasalarida psixologik xizmatlar samaradorligini oshirish va bolalar xavfsizligini ta’minlash choralarini kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

O‘rganish yakunida bolalarga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar ertangi kunimizning qanday bo‘lishini belgilab berishi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.

Telegram tarmog‘ida: https://t.me/MirobodKengash

Facebook tarmog‘ida: https://www.facebook.com/share/p/1CMZpdqxre/