Barcha yangiliklar
🏛 Davlat xizmatlari sifati — deputat nazoratida.
Gallery image 116378
Gallery image 116379
Gallery image 116380
Gallery image 116381
Gallery image 116382
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
31 Mar 2026
15:59

🏛 Davlat xizmatlari sifati — deputat nazoratida.

🏛 Davlat xizmatlari sifati — deputat nazoratida.

Nurafshon shahrida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari va FHDYO organlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputati, “MADAD” NNT Nurafshon shahar byurosi xodimi N.Niyozov ishtirok etdi.

O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:

✅ Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish tezkorligi va navbatlarning tartibga solingani;

✅ Xodimlarning muomala madaniyati va huquqiy maslahat berish darajasi;

✅ Binolarda aholi uchun yaratilgan qulayliklar va raqamlashtirilgan xizmatlardan foydalanish holati.

Nazorat tadbiri yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.