Barcha yangiliklar
🚀 Yoshlar bandligi va yetakchilar faoliyati — deputatlar e’tiborida.
Gallery image 116350
Gallery image 116351
Gallery image 116352
Gallery image 116353
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
30 Mar 2026
15:49

🚀 Yoshlar bandligi va yetakchilar faoliyati — deputatlar e’tiborida.

🚀 Yoshlar bandligi va yetakchilar faoliyati — deputatlar e’tiborida.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimi qanchalik samarali yo‘lga qo‘yilgan? #Mahallalarda_Yoshlar_yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar kutilgan natijani beryaptimi?

Ushbu savollarga javob topish maqsadida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari K.Umarboyev va D. Safarovalar navbatdagi nazorat tadbirini o‘tkazdilar.

O‘rganish davomida quyidagi masalalar tahlil qilindi:

💼 Ishsiz yoshlarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va kasb-hunarga yo‘naltirish holati;

✅ Yoshlar yetakchilari tomonidan o‘tkazilayotgan madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlarining amaliy ahamiyati;

📋 Daftarga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi.

Deputatlarimiz tomonidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berilib, tizimli ish tashkil etish choralari belgilandi.

Mas'ul mutaxassislar I.Omonboyev, N.Jo'raboyeva