Barcha yangiliklar
#Deputatlik_faoliyati
Gallery image 116253
Gallery image 116254
Gallery image 116255
Gallery image 116256
Gallery image 116257
Gallery image 116258
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
25 Mar 2026
15:08

#Deputatlik_faoliyati

🚨 #Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar nazorati.

Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O'.Rashidov shahar hokimi — deputati I.Klichxanov va Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev deputat O.G'ulomov hamda mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida shahrimizdagi jinoyatchilik holati, xususan, “qizil” va “sariq” toifaga kiruvchi hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagilarga qaratildi:

🔹 Jinoyat sodir etishga moyilligi bo‘lgan shaxslar bilan manzilli ishlash tizimi;

🔹 Hududlarda tungi yoritish chiroqlari va kuzatuv kameralarining sozligi;

🔹 Profilaktika inspektorlarining “mahalla yettiligi” bilan hamkorligi.

“Bizning maqsadimiz — jazolash emas, balki jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash va ularni vaqtida bartaraf etishdir,” — deya ta’kidlandi ishchi guruhi yig‘ilishida.