Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 116134
Gallery image 116135
Gallery image 116136
Gallery image 116137
Gallery image 116138
Gallery image 116139
Gallery image 116140
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
07 Apr 2026
14:35

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati Shayimova Xalnisa Yakubovna tashabbusi bilan 13-maktabda mazmunli va ilhom baxsh etuvchi ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Unda maktabning sobiq bitiruvchisi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Barlibayeva Sitora hamda taniqli shoirlar — Dadaxon Muhammadiyev, Najmiddin Turon, Bek Ali, Dilmurod Do‘st va Xusan Maqsud ishtirok etdilar.

Tadbir samimiy ruhda o‘tib, o‘quvchilar va mehmonlar o‘rtasida qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi. Shoirlar o‘z ijod namunalaridan o‘qib, yoshlar qalbiga ilhom ulashdilar.

Uchrashuv davomida bugungi kun ta’limi va adabiyotining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashilib, ustozlar mehnati alohida e’tirof etildi.

Yakunda bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarni yanada ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Yoshlar qalbida kitobga, ijodga va ma’naviyatga bo‘lgan mehrni oshirish yo‘lidagi bu kabi tadbirlar davom etadi!