Barcha yangiliklar





SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
07 Apr 2026
13:18
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.
Deputatlik so‘rovi yuborildi
➡️Sherobod tumani Kengashining 13-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati N.Saidova tomonidan “Balxiguzar mahallasida istiqomat qiluvchi saylovchilar bilan individual uchrashuv tashkil etildi.
📌 O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, suyultirilgan gaz ballonlari 70 kundan buyon yetkazib berilmayapti. Natijada aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati sezilarli darajada pasaygan.
📝 Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tuman gaz ta’minoti filialiga deputatlik so‘rovi yuborilib, holat yuzasidan qonunda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish so‘raldi.