Barcha yangiliklar
Qutlug` MFYda aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash masalalari o`rganildi
Gallery image 115961
Gallery image 115962
Gallery image 115963
Gallery image 115964
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
07 Apr 2026
11:44

Qutlug` MFYda aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash masalalari o`rganildi

 Jalaquduq tumanidagi Qutlug` MFYda aholini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ishlar atroflicha ko`zdan kechirildi. Xususan, hududda aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va eng dolzarb masalalardan biri bo`lgan ichimlik suvi ta`minotini yaxshilashga alohida e`tibor qaratildi. Ushbu jarayon Xalq
deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi deputatlari Q. Ko`ziev hamda Sh.Abdugofurovlar tomonidan o`rganilib, aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Jumladan, mavjud suv
tarmoqlarining holati, yangi quvurlar yotqizish, nasos uskunalarini yangilash hamda suv ta`minotini barqarorlashtirish bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar ko`rib chiqildi.
O`rganishlar davomida mutasaddilarga ichimlik suvi ta`minotini yanada yaxshilash, tizimdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va aholiga uzluksiz hamda sifatli xizmat ko`rsatish bo`yicha tegishli tavsiyalar berildi. Bu kabi amaliy ishlar aholi farovonligini oshirish, sog`lom turmush tarzini ta`minlash hamda hududning barqaror rivojlanishiga xizmat qilishi ta`kidlandi.