Barcha yangiliklar
Deputat saylovchilarga axborot berdi.
Gallery image 115912
Gallery image 115913
Gallery image 115914
Gallery image 115915
Gallery image 115916
ALLABERGANOV BABIR FARXADOVICH
07 Apr 2026
11:15

Deputat saylovchilarga axborot berdi.

Uchrashuv davomida hududda mavjud muammolar, ularni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar, qabul qilingan qarorlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Alohida e’tibor Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun qabul qilingan hujjatlar mazmun-mohiyatiga qaratilib, ularning aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati ta’kidlandi. Hududda amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish va islohotlar jarayoni haqida ham so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.