Barcha yangiliklar











XAMDAMOV TOXIRBEK JAMSHID O‘G‘LI
10 Iyun 2024
10:44
MIROBOD TUMANIDA “OQILA AYOLLAR” HARAKATI VA “QAYNONALAR KENGASHI” A’ZOLARI UCHUN O’QUV SEMINAT TASHKIL ETILDI
Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashining yoshlar siyosati, xotin-qizlar va gender tenglik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi va komissiya a’zolari, shuningdek, Mirobod tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi ishtirokida tumandagi oilalardagi ajrimlarning oldini olish va mahallalarda bu borada ishni qanday tashkil etish yuzasidan seminar-trening o‘tkazdi.
Tadbirda tuman «Oqila ayollar» harakati va «Qaynonalar kengashi» a’zolari ishtirok etishdi, Fuqarolik
ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi sudyasi D. Opayeva tomonidan ishtirokchilarga mavzu bilan bog‘liq huquqiy maslahatlar berildi.