Barcha yangiliklar
DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 115807
Gallery image 115808
Gallery image 115809
Gallery image 115810
Gallery image 115811
Gallery image 115812
Gallery image 115813
Gallery image 115814
Gallery image 115815
Gallery image 115816
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
07 Apr 2026
09:28

DEPUTATNING SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

🔹Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi deputati Muhsinjon Isaqovning 14-Al-Marg‘iloniy saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi (https://t.me/kengash_margilon/2692). Mazkur tadbir Galato‘y MFY binosida tashkil etildi.

🔹Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, hududdan shahar Kengashi deputati R.Madaminov, shahar Kengashi deputatlari M.Abdurahmonova, X.Abdurahmonov va shuningdek, saylov okrugidagi mahallalar vakillari, kommunal soha rahbar va xodimlari hamda 2 oliaviy poliklinika bosh vrachi ishtirok etdilar.

🔹Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi turmush farovonligini oshirish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

🔹Shuningdek, fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ular tomonidan poliklinika filialini tashkil etish, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi ta’minoti va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Bildirilgan taklif va muammolar mas’ul tashkilotlar vakillari ishtirokida muhokama qilinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

🔹 Uchrashuv yakunida fuqarolar murojaatlari ijrosini ta’minlash, muammolarni joyida o‘rganish va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish ishlari izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.