Barcha yangiliklar
Shahar tibbiyot birlashmasida ichimlik suvi ta’minoti muammosi nazoratga olindi
Gallery image 115800
Gallery image 115801
Gallery image 115802
Gallery image 115803
Gallery image 115804
Gallery image 115805
Gallery image 115806
QAXOROV ILHOMJON MIRSHAVKATOVICH
07 Apr 2026
09:16

Shahar tibbiyot birlashmasida ichimlik suvi ta’minoti muammosi nazoratga olindi

🔹Viloyat deputati D.Mexmonovaga fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar asosida shahar Tibbiyot birlashmasining “Tug‘ruq bo‘limi” hamda “Ginekologiya” binolarida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar mavjudligi aniqlangan. 

🔹Ushbu bo‘limlarda ichimlik suvi yetishmovchiligi va uzilishlar kuzatilayotgani, bu esa bemorlar hamda tibbiyot xodimlari uchun ma’lum noqulayliklar keltirib chiqarayotgani qayd etilgan.

🔹Mazkur murojaatlar ijrosini ta’minlash va muammoni joyida o‘rganish maqsadida shahar suv oqava bo‘limi boshlig‘i hamda mas’ul bosh hisobchi jalb etildi.

🔹Mutasaddilar tomonidan mavjud holat atroflicha o‘rganilib, muammoning kelib chiqish sabablari aniqlanib, uni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.