Barcha yangiliklar
Yangi ta’lim-tarbiya maskani ish boshladi
Gallery image 115626
Gallery image 115627
Gallery image 115628
Gallery image 115629
Gallery image 115630
Gallery image 115631
Gallery image 115632
Gallery image 115633
JUMAYEV ADXAMJON AKRAMOVICH
06 Apr 2026
17:37

Yangi ta’lim-tarbiya maskani ish boshladi

 Yangi ta’lim-tarbiya maskani ish boshladi 

  

Oltiariq tumanida “Turon Kids” ta’lim tizimiga qarashli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman hokimi Sh.Turdaliyev, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, O‘zbekiston Xalq o‘qituvchisi X.Rahimov hamda faollar va nuroniylar ishtirok etdilar. Qiymati 2 milliard so‘mdan ortiq investisiya loyihasi asosida barpo etilgan mazkur muassasa 420 nafar bolani qamrab oladi. Shuningdek, 29 nafar pedagog-tarbiyachi ish bilan ta’minlandi. Bog‘chada o‘zbek va rus guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, xorijiy tillar, ot sporti, suzish va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar yo‘lga qo‘yilgan.
Ovqatlanish, transport xizmati va xavfsizlik tizimi yuqori darajada.
Ta’kidlanganidek, “Turon” ta’lim tizimi tomonidan yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ularni Yangi O‘zbekistonning uchinchi Renessans bunyodkorlari etib voyaga yetkazish yo‘lida barcha imkoniyatlar safarbar etilmoqda.