Barcha yangiliklar
#24_ta_masala
Gallery image 115579
Gallery image 115580
Gallery image 115581
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
03 Apr 2026
17:13

#24_ta_masala

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Tangirov O‘ktam Ummatqulovich Xo‘jayuz mahallasida bo‘lib, aholi bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahalla “yettiligi” a’zolari bilan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat muhokama qilinib, fuqarolar qabuli tashkil etildi. Aholi tomonidan yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqilib, mas’ul tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi. Mazkur muammolar deputat nazoratiga olinib, ularning ijrosi doimiy monitoring qilinishi ta’kidlandi.

🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi