Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi
Gallery image 115572
Gallery image 115573
Gallery image 115574
Gallery image 115575
Gallery image 115576
Gallery image 115577
Gallery image 115578
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
06 Apr 2026
17:15

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

 Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda 

📌Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Ismailova tomonidan tumanning Ahillik mahallasida mahalla “yettiligi”, saylovchilar hamda tegishli tashkilot vakillari
ishtirokida ochiq muloqot tarzida uchrashuv o‘tkazildi. 

📊Uchrashuv davomida hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari keng muhokama qilindi. 

  

🎙Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan qabriston hududini panjara to‘siqlar bilan o‘rash, ichki ko‘chalarga tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish, shuningdek, soliq va kadastr
yo‘nalishlaridagi muammolar yuzasidan qator murojaatlar bildirildi. 

📄E’tiborlisi, uchrashuvda ushbu yo‘nalishlarga mas’ul tashkilotlar vakillari ham ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlariga bevosita o‘zlari javob berdilar hamda ayrim masalalar yuzasidan joyida tushuntirishlar berildi. 

  

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.