Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Ziyadinov tomonidan tumandagi Ulus mahallasida yashovchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Gallery image 115532
Gallery image 115533
Gallery image 115534
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
06 Apr 2026
17:09

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Ziyadinov tomonidan tumandagi Ulus mahallasida yashovchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Ziyadinov tomonidan tumandagi Ulus mahallasida yashovchi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

️Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Saylovchilar mahalladagi mavjud muammo va kamchiliklar, xususan infratuzilma, kommunal xizmatlar hamda ijtimoiy masalalar yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdilar. Barcha murojaatlar deputat tomonidan diqqat bilan tinglanib, tegishli tartibda hal etish bo‘yicha choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

️Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 

5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borildi. Fuqarolarga mazkur qonunning ahamiyati, tartib-qoidalari va amaliy jihatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

️Uchrashuv yakunida aholi tomonidan ko‘tarilgan masalalarni bosqichma-bosqich hal etish, fuqarolar bilan doimiy muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.