Barcha yangiliklar
Deputat hududlarda
Gallery image 115511
Gallery image 115512
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
06 Apr 2026
17:04

Deputat hududlarda

 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D.Xushvaqtov 11-Po‘latchi saylov okrugiga qarashli Po‘latchi mahallasida “Mahalla yettiligi” a’zolari hamda mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Uchrashuv davomida aholi tinchligi va xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, deputat O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-mayda qabul qilingan “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.

Muloqot davomida mahalla faollari tomonidan bildirilgan taklif va fikrlar eshitilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

️Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, joylardagi muammolarni o‘rganish va ularga samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.