Barcha yangiliklar
Jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligi — doimiy e’tiborda
Gallery image 115480
Gallery image 115481
Gallery image 115482
Gallery image 115483
Gallery image 115484
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
06 Apr 2026
16:56

Jamoat transporti va yo‘l harakati xavfsizligi — doimiy e’tiborda

 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich kotibiyat bosh mutaxassislari D.Xodjanov va A.Aymbetov bilan birgalikda tuman hududida jamoat transporti hamda yo‘l harakati holatini o‘rgandi.

🚧 O‘rganishlar davomida:

▪️ jamoat transportining muntazam harakatlanishi

▪️ avtobus bekatlarining holati

▪️ avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar

▪️ yo‘l-transport hodisalari ko‘p sodir bo‘layotgan nuqtalar

atroflicha tahlil qilindi.

📊 Shuningdek, yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish, harakat xavfsizligini ta’minlash hamda aholiga qulay transport xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqish masalalari ko‘rib chiqildi.

📌 Joyiga chiqqan holda olib borilgan bunday o‘rganishlar muammolarni aniqlash va ularni tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🤝 Bu kabi amaliy ishlar orqali aholiga qulay va xavfsiz muhit yaratish, transport infratuzilmasini yanada takomillashtirishga xizmat qilinadi.

📱📱📱📱📱📱📱📱📱📱📱📱📱📱

✅ Xavfsiz yo‘l harakati — inson hayoti kafolati!