Barcha yangiliklar
MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!
Gallery image 115444
Gallery image 115445
Gallery image 115446
Gallery image 115447
MADAMINOV SHERZODBEK KOBILJONOVICH
06 Apr 2026
16:40

MAKTABGACHA TA’LIM — E’TIBOR MARKAZIDA!

Bo‘ston tumanida maktabgacha ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar e’tiboridan chetda qolayotgani yo‘q.

Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan ushbu masala doirasida Kengash raisi M.Tuychiyeva hamda deputat B.Boltaboyev tomonidan muhim o‘rganishlar olib borildi.

O‘rganishlar davomida:

bog‘chalarning haqiqiy ish samaradorligi;

bolalar qamrovi va ta’lim sifati;

xususiy sektorning ishtiroki;

mablag‘larning maqsadli ishlatilishi kabi masalalar chuqur tahlil qilindi.

️Natijalar esa befarq qoldirmadi: ayrim kamchiliklar aniqlandi.

Shu asosda mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatildi, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar belgilab olindi.

Eng muhimi — kelgusida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish va bolalar uchun yanada yaxshi sharoitlar yaratish ustuvor vazifa etib belgilandi.