Barcha yangiliklar
Toyloq tumani Kengashi deputatlari “Yashil makon” tashabbusida faol ishtirok etmoqda
Gallery image 115439
Gallery image 115440
Gallery image 115441
Gallery image 115442
Gallery image 115443
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
03 Apr 2026
16:42

Toyloq tumani Kengashi deputatlari “Yashil makon” tashabbusida faol ishtirok etmoqda

Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni kengaytirish hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida Toyloq tumanidagi “Shaxzodjon - Shakarbek - Yusufbek” fermer xo‘jaligida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, 2 gektar maydonda intensiv bog‘ barpo etish maqsadida 1400 tupdan ortiq olma, gilos va shaftoli ko‘chatlari ekildi.

Ushbu loyiha hududning ekologik holatini yaxshilash bilan bir qatorda, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash hamda meva yetishtirish hajmini oshirish orqali oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tadbirda Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari faol ishtirok etib, “Yashil makon” tashabbusining amaliy ijrosiga munosib hissa qo‘shdilar.

🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi