Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Qodirov saylovchilar bilan uchrashdi
Gallery image 115339
Gallery image 115340
Gallery image 115341
Gallery image 115342
PARDAYEV HUMOYUN SHERMAT O‘G‘LI
03 Apr 2026
00:00

Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Qodirov saylovchilar bilan uchrashdi

G‘ozg‘on shahrida deputat M.Qodirov tomonidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar va takliflari bilan ishtirok etdi.

Qabul davomida, ayniqsa:

soliq to‘lashdagi muammolar; 

bandlik va ish o‘rinlari yaratish masalalari; 

tadbirkorlikni rivojlantirishga oid takliflar ko‘tarildi.

 Fuqarolar tomonidan soliq qarzdorliklarini tartibga solish, imtiyozlardan foydalanish, ishga joylashish va kasb-hunar o‘rganish bo‘yicha murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim masalalar joyida hal etildi, qolganlari nazoratga olindi.

Bunday ochiq muloqotlar aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish va fuqarolar bilan yaqin hamkorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.