Barcha yangiliklar
Deputat qabuli
Gallery image 115315
Gallery image 115316
Gallery image 115317
Gallery image 115318
Gallery image 115319
IMOMOV BEHRUZ DILMURODOVICH
06 Apr 2026
15:55

Deputat qabuli

🏛Mazkur uchrashuv va qabul jarayonida tuman Kengashi deputati X. Shoboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Z. Nurulloyev, shuningdek, kotibiyat bosh mutaxassisi B. Imomov ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish hamda ularni tizimli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi.

Fuqarolar qabuli jarayonida kelib tushgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan amaldagi qonunchilik doirasida tushuntirishlar berildi hamda ayrim murojaatlar tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida va sifatli hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi hamda mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berilishi qayd etildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Peshku tuman Kengashi kotibiyati