Barcha yangiliklar
#24_ta_masala
Gallery image 115311
Gallery image 115312
Gallery image 115313
Gallery image 115314
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
01 Apr 2026
15:54

#24_ta_masala

✔️Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sherzod Ortiqov Toyloq tumanidagi Bunyodkor mahallasida bo‘lib, aholi bilan yuzma-uz muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv doirasida u mahalla “yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi. 

 ✔️Uchrashuv davomida deputat tomonidan fuqarolar qabuli ham tashkil etildi. Qabul jarayonida aholi tomonidan asosan yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash hamda ichimlik suvi bilan bog‘liq muammolar ko‘tarildi. Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 

  ✔️Sherzod Ortiqov mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan ham tanishib, ayrim kamchiliklarga e’tibor qaratdi. U ayniqsa infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush sharoitini yanada oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni jadallashtirish zarurligini ta’kidladi. 

  ✔️Deputat tomonidan bildirilgan takliflar asosida yo‘l, elektr va suv ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ko‘tarilgan muammolar deputat nazoratiga olinib, ularning ijrosi doimiy ravishda monitoring qilib borilishi qayd etildi.

🌐 https://t.me/uzlidep_samarqand