Barcha yangiliklar



AKBAROV BEKZODBEK ASQAR O‘G‘LI
06 Apr 2026
15:20
Yashnobod tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
Yashnobod tumani hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🌿 Mazkur jarayonda tuman hokimligi, davlat tashkilotlari vakillari, deputatlar, mahalla faollari hamda fuqarolar faol ishtirok etib, hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.
🌿 Amalga oshirilayotgan ishlar doirasida manzarali va soya beruvchi daraxt ko‘chatlari ekilib, yashil hududlar kengaytirilmoqda.
🌿 Ushbu ishlar atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.