Barcha yangiliklar
Xorazm viloyati Kengashi deputatlari boshchiligidagi delegatsiya Kogon shahar Kengashi bilan o'zaro tajriba almashishdi
Gallery image 12003
Gallery image 12004
Gallery image 12005
Gallery image 12006
Gallery image 12007
Gallery image 12008
Gallery image 12009
Gallery image 12010
Gallery image 12011
Gallery image 12012
Gallery image 12013
Gallery image 12014
Gallery image 12015
Gallery image 12016
Gallery image 12017
Gallery image 12018
Gallery image 12019
Gallery image 12020
Gallery image 12021
TEMIROVA ZILOLA ZAVQIDINOVNA
07 Iyun 2024
16:34

Xorazm viloyati Kengashi deputatlari boshchiligidagi delegatsiya Kogon shahar Kengashi bilan o'zaro tajriba almashishdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazining 2023-yil 21-dekabrdagi 30/3014-sonli xatiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar, tuman (shahar) Kengashlari faoliyatini yanada takomillashtirish, mahalliy Kengashlarning sohadagi ijobiy yutuqlari, amalga oshirayotgan ishlari bilan yaqindan tanishish hamda ularning o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va viloyatlar darajasidagi masalalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida 2024-yilda mahalliy Kengash deputatlari hamda kotibiyat xodimlarining o‘zaro tajriba almashishini tashkil etish belgilangan.

Shuningdek, tajriba almashishda mahalliy Kengashlar deputatlari va kotibiyat xodimlari, Kengash doimiy komissiyalari ishini tashkil etish, nazorat-tahlil tadbirlari, deputatlarning saylovchilar bilan tizimli ishlashini yo‘lga qo‘yish, doimiy komissiyalar va sessiya majlislarini o‘tkazishga oid faoliyati bilan tanishish rejalashtirilganligi hamda Oliy Majlis Senati devonining Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi xodimlarining ham ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati Kengashlari deputatlari hamda kotibiyat xodimlari Kogon shahar Kengashida tajriba almashishda bo‘lishdi.

Xorazm delegatsiyasi tomonidan Kogon shahar Kengashi kotibiyatining sohadagi ijobiy yutuqlari, amalga oshirayotgan ishlari hamda deputatlar faoliyati o‘rganildi.