Barcha yangiliklar
Mahalla xotin-qizlariga e’tibor.
Gallery image 115215
Gallery image 115216
Gallery image 115217
Gallery image 115218
Gallery image 115219
Gallery image 115220
Gallery image 115221
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
02 Apr 2026
14:56

Mahalla xotin-qizlariga e’tibor.

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 3-Romish saylov okrugidan saylangan deputat R.Bozorova hamda tuman hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sh.Rahmonovalar tashabbusi bilan muhim uchrashuv tashkil etildi. Unda “Romish” mahallasidagi xotin-qizlar faolining hisoboti tinglanib, amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, tumandagi 3-son texnikumi bitiruvchi qizlari ishtirokida “Deputat va Yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, ta’lim, bandlik va kelajak rejalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur tadbir yosh qizlarning faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.