Barcha yangiliklar
HISOBOT VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV
Gallery image 115168
Gallery image 115169
Gallery image 115170
Gallery image 115171
Gallery image 115172
Gallery image 115173
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
06 Apr 2026
14:19

HISOBOT VA SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV

 Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va mahalliy Kengashlar tomonidan qabul qilingan “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning mahalla yettiligi bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkazildi.  

Hisobot yig‘ilishida Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A.Turdiyev, tuman Kengashi deputati Yu.Qurbaniyazov hamda Surxondaryo
viloyat Kengashi deputati A.Oripov
hamkorlikda ishtirok etdilar.  

Tadbir davomida mahalla yettiligining amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisobot tinglandi. Shuningdek, deputatlarning saylovchilar bilan ochiq muloqoti tashkil etilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-iqtisodiy masalalar va muammolar atroflicha muhokama qilindi. 

Uchrashuv yakunida bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborish, shuningdek, ularning
ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli kelishuvlarga erishildi.