Barcha yangiliklar
Adas mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimli yo‘lga qo‘yilgan
Gallery image 115054
Gallery image 115055
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
26 Mar 2026
12:56

Adas mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimli yo‘lga qo‘yilgan

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati A.Usmonov saylov okrugidagi  Adas mahallasida mahalla yoshlariga berilayotgan amaliy ko'mak ishlari yuzasidan yoshlar yetakchisi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotgani aniqlandi. Xususan, yoshlar ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ularning muammolari manzilli o‘rganilmoqda. Ishsiz yoshlarni bandlikka yo‘naltirish, kasb-hunar o‘rganishga jalb etish hamda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, mahallada yoshlar bilan ishlash ishlari qoniqarli darajada yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlandi. Shu bilan birga, yoshlarni bandlikka kengroq jalb etish va zamonaviy kasblarga yo‘naltirish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

https://www.facebook.com/share/p/1CcCpBM65h/