Barcha yangiliklar
Deputat Galabotir mahallasida sport infratuzilmasini o‘rgandi
Gallery image 115025
Gallery image 115026
Gallery image 115027
Gallery image 115028
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
25 Mar 2026
12:49

Deputat Galabotir mahallasida sport infratuzilmasini o‘rgandi

✔️Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 20-Galabotir saylov okrugidan saylangan deputati A.Nishonov Galabotir mahallasiga tashrif buyurib, hududdagi aholi va bolalar uchun mavjud sport inshootlari holatini yaqindan o‘rgandi.

✔️Tashrif davomida deputat sport obektlarining foydalanish imkoniyatlari, texnik holati va yoshlar uchun sportni rivojlantirish yo‘nalishlari bilan tanishdi. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, bolalar va o‘smirlarning sport bilan shug‘ullanishini kengaytirish masalalari bo‘yicha mahalla rahbarlari bilan amaliy maslahatlashuvlar o‘tkazildi.

✔️Deputat bolalar va yoshlar uchun xavfsiz va qulay sport sharoitlarini yaratish, mavjud jihozlarni saqlash va sport tadbirlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berdi. Mahalla rahbariyati va maktab ma’muriyati ushbu tavsiyalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.

🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi