Barcha yangiliklar
#24_ta_masala
Gallery image 114961
Gallery image 114962
Gallery image 114963
Gallery image 114964
Gallery image 114965
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
24 Mar 2026
12:09

#24_ta_masala

O‘rganish jarayonida mahalladagi infratuzilma holati atroflicha tahlil qilinib, xususan, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash uchun yangi elektr tarmoqlarini tortish, mavjud tarmoqlarni modernizatsiya qilish, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash hamda aholiga sifatli va uzluksiz suv yetkazib berishni ta’minlash, aholini birlamchi tibbiy xizmatga yaqinlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mahalla hududidagi ichki yo‘llarning holati o‘rganilib, ularni ta’mirlash va asfalt qoplamasi yotqizish orqali transport harakatini yaxshilash, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish zarurligi qayd etildi.

O‘rganish davomida aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga mavjud kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha deputatlik so'rovlari yuborish vazifalari belgilab olindi.

Mazkur o‘rganish ishlari aholi murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, hududni kompleks rivojlantirish hamda fuqarolar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi