Barcha yangiliklar
#24_ta_masala Toyloq tuman Kengashi deputati Baxriyev Nurillo Toshtemirovich tomonidan Toyloq tumani Markaziy poliklinikasida tez tibbiy yordam xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Gallery image 114860
Gallery image 114861
Gallery image 114862
Gallery image 114863
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
17 Mar 2026
11:30

#24_ta_masala Toyloq tuman Kengashi deputati Baxriyev Nurillo Toshtemirovich tomonidan Toyloq tumani Markaziy poliklinikasida tez tibbiy yordam xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

✅Unda aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati atroflicha muhokama qilindi. 

✅Xususan, 103 qisqa raqamiga kelib tushayotgan murojaatlar asosida tez tibbiy yordam brigadalarining chaqiruvlarga o‘z vaqtida yetib borishi, xizmat sifati va mas’uliyat darajasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅Deputat o‘z nutqida aholining salomatligini ta’minlashda tezkorlik va sifat ustuvor ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda tizim samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.

✅Yig‘ilish yakunida soha xodimlarining fikr va takliflari tinglanib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Bizni kuzatib boring:👇

t.me/Toyloq_tuman_Kengashi