Barcha yangiliklar
#e’tirof
Gallery image 114789
Gallery image 114790
Gallery image 114791
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
03 Apr 2026
11:21

#e’tirof

Toshkent viloyatida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashining III-qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyaning o‘tgan davrdagi faoliyati, ustuvor yo‘nalishlar ijrosi va kelgusidagi muhim vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

🌟 Quvonarlisi, Plenum davomida Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashidagi "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan saylangan deputatlik guruhi a’zolarining faoliyati alohida e’tirof etilib, yuqori baholandi.

Bu yuksak baho deputatlarimizning:

✅ Saylovchilar muammolarini hal etishdagi faolligi;

✅ Partiya g‘oyalarini hayotga tatbiq etishdagi tashabbuskorligi;

✅ Sessiya va tadbirlardagi natijadorligi mahsulidir.

Ushbu e’tirof deputatlik guruhini kelgusida yanada faol, shijoatli va xalq manfaati yo‘lida natijakor ishlashga undaydi. Zafar muborak, aziz deputatlar!