Barcha yangiliklar
#deputat_faoliyati #Andijon_shahar #IHMA   “VoiceUp” — yoshlar ovozi, kelajak ishonchi!
Gallery image 114711
Gallery image 114712
Gallery image 114713
Gallery image 114714
Gallery image 114715
Gallery image 114716
Gallery image 114717
Gallery image 114718
Gallery image 114719
SODIQJONOV DAVRONBEK MUXSINJON O‘G‘LI
05 Apr 2026
10:58

#deputat_faoliyati #Andijon_shahar #IHMA “VoiceUp” — yoshlar ovozi, kelajak ishonchi!

#deputat_faoliyati #Andijon_shahar #IHMA 

“VoiceUp” — yoshlar ovozi, kelajak ishonchi!

“VoiceUp” loyihasi yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan real ijtimoiy yechimlar orqali bolalar huquqlarini himoya qilish, ularning farovonligini ta’minlash hamda inklyuziv jamiyatni birgalikda barpo etishga qaratilgan muhim tashabbusdir. Ushbu platforma davlat, jamiyat va yoshlar o‘rtasida ochiq va samimiy muloqot maydonini yaratishga xizmat qilmoqda.

Mazkur dastur doirasida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati D. Rahmatullayeva ham faol ishtirok etdi. U imkoniyati cheklangan bolalar bilan bevosita muloqot qilib, ularning fikr va takliflarini tingladi, qalbiga quvonch ulashdi.

Tadbir davomida bolalarning orzu-intilishlari, hayotga bo‘lgan qarashlari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish muhimligi yana bir bor ta’kidlandi.

Bunday tashabbuslar orqali har bir bola e’tiborda, har bir ovoz qadrlidir.