Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 20-Devonaboy saylov okrugi deputati Baxtiyorjon Mo‘ydinov tashabbusi bilan Andijon shahridagi “Hunarmand” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda
Gallery image 114531
Gallery image 114532
Gallery image 114533
Gallery image 114534
Gallery image 114535
Gallery image 114536
SODIQJONOV DAVRONBEK MUXSINJON O‘G‘LI
27 Mar 2026
10:28

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 20-Devonaboy saylov okrugi deputati Baxtiyorjon Mo‘ydinov tashabbusi bilan Andijon shahridagi “Hunarmand” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda

Hududlarda obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda 🇺🇿🏗

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi kotibiyati mudiri, 20-Devonaboy saylov okrugi deputati Baxtiyorjon Mo‘ydinov tashabbusi bilan Andijon shahridagi “Hunarmand” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar izchil davom ettirilmoqda. 🏘✨

Hududda olib borilayotgan ishlar avvalo aholi murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni tizimli hal etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 📋🔍 Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va ehtiyojlar asosida mahalla ichki yo‘llarining holati o‘rganilib, ularni ta’mirlash va yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xususan, mahalla hududidagi ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari doirasida dastlabki bosqich — yo‘l qoplamasini tekislash va tayyorlash ishlari boshlab yuborildi. 🚜 Ushbu jarayon yo‘llarning sifatli va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlashda muhim bosqich hisoblanadi.

Ayni paytda olib borilayotgan ishlar aholining kundalik hayotida qulaylik yaratish, transport harakatini yengillashtirish hamda hududning obodonligini yanada oshirishga xizmat qiladi. 🚗🌿

Kelgusida ham mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilib, mahalla aholisi uchun yanada qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish bo‘yicha amaliy ishlar kengaytiriladi. ⭐️