Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan texnikumning ishlash istagidagi bir guruh o‘quvchi-yoshlari uchun viloyatimizdagi yangi qurilayotgan sanoat zonasiga hamda yaqinda faoliyatini yo‘lga qo‘ygan zamonaviy korxona obyektlariga mazmunli ekskursiya tashkil etildi
Gallery image 114523
Gallery image 114524
Gallery image 114525
Gallery image 114526
Gallery image 114527
Gallery image 114528
Gallery image 114529
Gallery image 114530
SODIQJONOV DAVRONBEK MUXSINJON O‘G‘LI
27 Mar 2026
10:27

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan texnikumning ishlash istagidagi bir guruh o‘quvchi-yoshlari uchun viloyatimizdagi yangi qurilayotgan sanoat zonasiga hamda yaqinda faoliyatini yo‘lga qo‘ygan zamonaviy korxona obyektlariga mazmunli ekskursiya tashkil etildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon pedagogika texnikumi direktori Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan texnikumning ishlash istagidagi bir guruh o‘quvchi-yoshlari uchun viloyatimizdagi yangi qurilayotgan sanoat zonasiga hamda yaqinda faoliyatini yo‘lga qo‘ygan zamonaviy korxona obyektlariga mazmunli ekskursiya tashkil etildi. 🏭✨

Mazkur ekskursiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish hamda kelgusida o‘z yo‘lini to‘g‘ri tanlashiga ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi. 🎯👷‍♂️👩‍🏭

Ekskursiya davomida o‘quvchilar sanoat zonasida barpo etilayotgan yangi loyihalar, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlayotgan korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ularga ish jarayonlari, yaratilgan sharoitlar, oylik maoshlar 💰, mehnat tartibi hamda xodimlar uchun yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 📊📚

Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning ishlash istagi, qiziqishlari va kelgusidagi rejalari tinglandi. 🗣💬 Bu esa o‘quvchilarning o‘z ustida ishlashga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirdi.

Ekskursiya yakunida o‘quvchilar katta taassurotlar bilan qaytib, o‘z oldilariga aniq maqsadlar qo‘yganliklarini ta’kidlashdi. 🌟

Mazkur tashrif ularga nafaqat yuqori kayfiyat, balki kelajak rejalari uchun mustahkam motivatsiya ham bag‘ishladi.