Barcha yangiliklar
Mahallalardagi xotin-qizlar faollari qo‘llab-quvvatlanmoqda
Gallery image 114510
Gallery image 114511
Gallery image 114512
Gallery image 114513
Gallery image 114514
Gallery image 114515
QAXOROV ILHOMJON MIRSHAVKATOVICH
03 Apr 2026
00:00

Mahallalardagi xotin-qizlar faollari qo‘llab-quvvatlanmoqda

Mazkur tashabbus doirasida shahardagi 31 ta mahallada faoliyat olib borayotgan 18 nafar xotin-qizlar faollarining barchasiga Xalq deputatlari shahar Kengashining 2026-yil 24-fevral VII-15-7-11-167-K/26-sonli qaroriga asosan zamonaviy kompyuter jamlanmalari topshirildi. Ushbu texnik vositalar ularning kundalik ish faoliyatini yengillashtirib, aholining murojaatlari bilan ishlash, hujjatlarni yuritish hamda ijtimoiy muammolarni tezkor va samarali hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’kidlash joizki, xotin-qizlar faollari mahallalarda ijtimoiy muhitni barqarorlashtirish, oilaviy muammolarni hal etish, bandlikni ta’minlash hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutadi. Ularning faoliyatini zamonaviy texnologiyalar bilan qo‘llab-quvvatlash esa ushbu yo‘nalishdagi ishlarning sifatini yangi bosqichga olib chiqadi.