Barcha yangiliklar
Yoshlar bilan ochiq muloqot 🤝  Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov shahrimizda yoshlar bilan ochiq va yuzma-yuz muloqotlar tashkil etmoqda.
Gallery image 114471
Gallery image 114472
Gallery image 114473
Gallery image 114474
Gallery image 114475
Gallery image 114476
Gallery image 114477
SODIQJONOV DAVRONBEK MUXSINJON O‘G‘LI
26 Mar 2026
10:22

Yoshlar bilan ochiq muloqot 🤝 Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov shahrimizda yoshlar bilan ochiq va yuzma-yuz muloqotlar tashkil etmoqda.

Yoshlar bilan ochiq muloqot 🤝

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov shahrimizda yoshlar bilan ochiq va yuzma-yuz muloqotlar tashkil etmoqda.

Mazkur uchrashuvlarda tadbirkorlik qilish istagidagi, ish izlayotgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning muammolari tinglanib, ularni joyida ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va tashabbuslarini ro‘yobga chiqarishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ma’lumki, mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangan bo‘lib, ayni kunlarda ushbu tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Hozirda Andijon shahrida mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida belgilangan hududlarda yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning murojaatlari o‘rganilmoqda va amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.