Barcha yangiliklar
Navbatdagi “Parandaxona” loyihasi amaliy bosqichga o`tdi
Gallery image 114220
Gallery image 114221
Gallery image 114222
Gallery image 114223
SALIBAYEVA MALOXAT MIRADILAYEVNA
06 Apr 2026
09:10

Navbatdagi “Parandaxona” loyihasi amaliy bosqichga o`tdi

 O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to`g`risida”gi PQ-62-son qarori ijrosi doirasida Jalaquduq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati H.Latipov Qatortol massivida chet ellik investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan “Parandaxona” loyihasi doirasida qurilish ishlari bilan tanishdi. Hozirda loyiha reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Qurilish jarayonlarini sifatli va o`z vaqtida yakunlash, investorlar bilan samarali hamkorlikni ta`minlash hamda yangi ish o`rinlarini yaratish asosiy ustuvor yo`nalishlar etib belgilangan. Mazkur loyiha hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, aholi bandligini ta`minlash hamda zamonaviy ishlab chiqarish
infratuzilmasini rivojlantirishga xizmat qiladi.