Barcha yangiliklar
NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 114126
Gallery image 114127
Gallery image 114128
Gallery image 114129
Gallery image 114130
Gallery image 114131
MATYUSUPOV SHOXIMARDON JOLOLADDINOVICH
04 Apr 2026
15:08

NURAFSHON MFYDA JAMOAT TRANSPORTI VA BEKATLAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Kuryazov Ulug‘bek Maxmudjonovich tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Xonqa tumani “Nurafshon” MFY hududida jamoat transporti tizimi faoliyati o‘rganildi.

📝 O‘rganish davomida hududda jamoat transportining muntazam harakatlanishi, aholiga yaratilgan qulayliklar, xususan avtobus bekatlarining holati hamda yo‘lovchilar uchun chiptalarni xarid qilish tizimining qulayligi tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning bu boradagi fikr va takliflari tinglandi.

✅ O‘rganish natijasida ayrim avtobus bekatlarining holati ta’mirtalab ekani aniqlandi. Mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishliligi bo‘yicha deputat so‘rovi chiqarilishi belgilandi.