Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVI
Gallery image 113918
Gallery image 113919
Gallery image 113920
Gallery image 113921
Gallery image 113922
Gallery image 113923
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
02 Apr 2026
09:44

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 10-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Gulzoda Xudoyarova tomonidan "Mustaqillik" va "Tinchlik" mahallalarida o‘tkazilgan o‘rganishlar yakunlari bo‘yicha tuman "Toza hudud" DUK bosh muhandisi I.Ergashevga rasmiy deputat so‘rovi kiritildi.

🔍O‘rganish davomida quyidagilar aniqlandi:

"Tinchlik" mahallasidagi 250, 251, 247, 248, 249, 255, 253, 256, 257-sonli ko‘p qavatli uylar uchun mo‘ljallangan chiqindi shoxobchasida chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmayotganligi;

"Mustaqillik" mahallasidagi chiqindi konteynerlarining eskirganligi va yaroqsiz holga kelganligi.

✅ Deputat so‘rovida ushbu hududlarda chiqindi tashish grafigini zudlik bilan tiklash, eskirgan konteynerlarni yangisiga almashtirish hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda sanitariya holatini yaxshilash bo'yicha targ'ibot choralari ko'rish belgilangan.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.