Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVI
Gallery image 113913
Gallery image 113914
Gallery image 113915
Gallery image 113916
Gallery image 113917
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
02 Apr 2026
09:42

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 9-Nurobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Sarimova tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida"Nurobod" mahallasidagi Hamroh, Nurobod va Oltin vodiy ko‘chalarining jami 970 metr qismi shag'allashtirilmagani sababli aholi va avtotransport vositalari harakati uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlangan.

Deputat o‘z so‘rovida ushbu ko‘chani shag'allashtirishda amaliy yordam berish hamda qonunchilikda belgilangan muddatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etishni so‘ragan.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.