Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO'ROVI
Gallery image 113909
Gallery image 113910
Gallery image 113911
Gallery image 113912
TO‘RAYEV HUSAN KUSHMAMAT O‘G‘LI
02 Apr 2026
09:39

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 7-Sutbuloq saylov okrugidan saylangan deputat I.Allayarov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘iga deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida “Lalmikor” mahalla fuqarolar yig‘inidagi Ulug‘vor ko‘chasining 310 metr qismi asfaltlashtirilmaganligi sababli aholi va avtotransport vositalari harakati uchun noqulayliklar yuzaga kelayotgani aniqlangan.

Deputat o‘z so‘rovida ushbu ko‘chani asfaltlashtirishda amaliy yordam berish hamda qonunchilikda belgilangan muddatda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot taqdim etishni so‘ragan.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olindi.